Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatayotgani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining munosabat bildirishicha, holat yuzasidan ishchi guruh o‘rganish olib borgan. Unga ko‘ra, yuqoridagi voqea 2024-yilning mart oyida kuzatilgan.

Tashkilot ma’muriyati tarbiyachi I.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilgan va xodim ishdan bo‘shatilgan.

Avvalroq Yunusobod tumanidagi bog‘chada yig‘lagan bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uning qo‘llarini qo‘kartirgan tarbiyachi ishdan olingandi. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi ayolning harakatlarini “nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan” deya atagan.